La Liga prezidenti Xaver Tebas «Barselona» sardori Lionel Messi jamoada qolganidan xursand ekanligini yashirmadi.
- Menga Messini Ispaniya chempionatida o'ynashini tomosha qilish yoqadi. U mablag' ishlab topish uchun mashina. Bizga moliyaviy zarba bo'lmasligi uchun Messi va Ronaldularning ketishiga ko'p yillar mobaynida tayyorgarlik ko'rgandik. Neymar "PSJ"ga ketdi, biroq Frantsiya chempionatida o'sish kuzatilmadi. Ronaldu «Yuventus»ga o'tdi, ammo, A Seriyasi ham o'smadi. Agar Messi ketgan taqdirda ham biz baribir La Liga teletranslyatsiyasini butun dunyo bo'ylab sotgan bo'lardik. Agar Messi Ispaniyadan ketadigan bo'lsa, u holda translyatsiya shartnomasini bekor qilish boraida hech kim qo'ng'iroq qilmadi.
Futbolchilar ligalar uchun muhim, lekin futbol davom etaveradi. Ronaldu va Neymarlar ketdi, lekin biz o'sishda davom etyapmiz. Bu La Ligani rivojlantirish bo'yicha olib borayotgan ishlarimizning mevasi. Butun Ligani o'zgartirib yuboradigan futbolchi yo'q, — Tebasni so'zlaridan iqtibos keltirmoqda La Gazzetta dello Sport.
12-Oktyabr 2020,22:20