«Boka Xuniors» jamoasi 18 yoshli urugvaylik himoyachi Santyago Ramos Mingo transferi bilan bog'liq ish tufayli «Barselona»ni sudga berdi. Bu haqda argentinaliklar klubi prezidenti Xorxe Amor Ameal ma'lum qildi."Biz Ramos Mingo ishi yuzasidan «Barselona»ni sudga beramiz. Bo'lib o'tgan voqea yovvoyilik bo'ldi va juda xunuk tasavvur qoldirdi. Avvalgi rahbariyat Mingoga nisbatan juda yomon munosabatda bo'lgani uchun shunday holat kuzatildi.«Barselona»ni sudga beramiz, chunki bunga huquqimiz bor deb hisoblaymiz. Kimdir noto'g'ri ish qilishiga qarab tura olmaymiz. Bu voqea — yovvoyilik. Bu o'yinchida potentsial bor edi, yo'qsa «Barselona»ga unga e'tibor qaratmas edi", — dedi Xorxe Amor Ameal.Mingo 2020 yilning fevral oyida «Barselona» safiga kelib qo'shilgan. Uning katalonlar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar mo'ljallangan. U «Boka Xuniors»ni erkin agent maqomida tark etgandi.
19-Oktyabr 2020,10:30
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0