Kievning «Dinamo» klubi bosh murabbiyi Mircha Luchesku «Barselona» hujumchisi Lionel Messi va «Yuventus» forvardi Krishtianu Ronaldu haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi."Men Messi va Ronaldu bilan ko'p marotaba to'qnash kelganman, ammo futbolchilarimda bunday bo'lmagan. Yaqinda ular ham ularga duch keladi. Futbolchilarga ularning nimalarga qodir ekanligini tushuntirishim kerak.Messi — tezkorligi, o'ziga bo'lgan ishonchi, driblingi va boshqa jihatlar tufayli qisqa masofalarda ham ustunlik qila oladi. Ronaldu esa boshqacharoq uslubda o'ynaydi, u ko'p gol urishni yaxshi ko'radi, shuning uchun unga ko'proq bo'sh hudud kerak. U jamoadoshlarining yordamiga muhtoj, Messi esa mustaqil o'ynay oladi.Ronaldu jarima maydonchasida yoki undan 20 metr uzoqlikda mustaqil harakat qilishi mumkin, ammo u boshqalar yaratgan bo'shliqdan foydalanishga harakat qiladi va zarba beradi. Bori shu, ular bir-biridan farq qiladi, ammo ikkalasi ham juda kuchli o'yinchilar", — dedi Mircha Luchesku.Qayd etish joiz, Chempionlar Ligasining 2020/21 yilgi mavsumida «Barselona», «Yuventus» va «Dinamo K» jamoalari bir guruhdan joy olgan.Ronaldu ushbu mavsumda A Seriyada 2 o'yin o'tkazib, 3 ta gol va 1 ta assistga mualliflik qilgan bo'lsa, Messi La Ligada 4 uchrashuvda maydonga tushib, 1 bor raqib darvozasini ishg'ol qildi.
20-Oktyabr 2020,08:30
O'qildi: 56 - Fikirlar: 0