«Barselona» klubi yarim himoyachilar Serxio Buskets va Filippe Koutino, himoyachi Serji Roberto hamda hujumchi Antuan Grizmann bilan shartnoma uzaytirmoqchi. Klub hozirda mazkur o'yinchilarning agentlari bilan muzokara olib bormoqda. ESPN tarqatgan xabarga ko'ra, futbolchilar yangi shartnomaga imzo chekishsa, mavsum-2020/21da ularning maoshi kamaytiriladi. Ammo kelajakda maoshlar oshiriladi. «Barsa» inqirozdan chiqib ketish uchun shunday yo'l tutishga majbur bo'lmoqda. Robertoning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022, Buskets va Koutinoniki 2023, Grizmanniki esa 2024 yilga qadar tuzilgan.Avvalroq "ko'k-anorranglilar" shunday shartlar asosida Mark-Andre ter Shtegen, Frenki de Yong, Jerar Pike va Kleman Langle bilan shartnomalarni uzaytirishgandi.
22-Oktyabr 2020,07:50
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0