«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichi 2-turi doirasida bo'ladigan "Barselona"ga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin. Bu haqda Football Italia xabar tarqatdi.Ronaldu kecha koronavirusga topshirgan test musbat natija berdi. UEFA protokoliga ko'ra, futbolchi o'yinda ishtirok etish huquqiga ega bo'lish uchun bahsga bir hafta qolganida topshirgan test manfiy bo'lishi kerak. Ammo «Yuventus» UEFAga tegishli hujjatlarni yo'llab, futbolchida hech qanday kasallik simptomlari yo'qligini ma'lum qilgan holda uning "Barsa"ga qarshi uchrashuvda maydonga tushishi uchun ruxsat so'ragan. Krishtianu hafta oxiriga qadar yana bir nechta test topshiradi. Agar u topshiradigan 2ta test natijasi manfiy natija bo'lsa, unda EChL 2-tur o'yinida maydonga tushish uchun nazariy imkoniyat yuzaga keladi. Shuningdek, o'yindan bir kun oldin u tomonidan topshiriladigan test natijasi ham manfiy bo'lishi kerak.«Yuventus» – «Barselona» uchrashuvi 28 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.
23-Oktyabr 2020,20:30
O'qildi: 55 - Fikirlar: 0