Frantsiyaning "PSJ" klubi "Barselona" yarim himoyachisi Rikardo Puchaga qiziqish bildirmoqda, deya xabar tarqatdi Mundo Deportivo.
21 yoshli "Barselona" tarbiyalanuvchisi katta ehtimol bilan parijliklar tarkibiga qo'shilishi mumkin. Chunki, u "Barsa" tarkibida deyarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmayapti. U mavsum boshidan beri "Barselona" tarkibida "Xetafe" (0:1) klubiga qarshi o'yinning 87-daqiqasida maydonga tushirildi.
Bundan tashqari, futbolchining ispaniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida o'z yakuniga etadi. Tomonlar hozircha shartnomani uzaytirish borasida o'ylashmayapti.
Qayd etish kerakki, so'nggi yillarda "PSJ" "Barselona" futbolchilarini o'z safiga qo'shib olish bo'yicha ustasi farang bo'lib ketdi. Neymar, Tyago Alkantara va Xavi Simonslar shular jumlasidandir.
24-Oktyabr 2020,16:10