Turinning «Yuventus» klubi bosh murabbiyi Andrea Pirlo EChL doirasida «Barselona» klubiga qarshi bo'ladigan uchrashuv haqida fikr bildirdi.
"Barselona"ga qarshi to'rtta himoyachi bilan o'ynaymiz, chunki, tarkibimizda to'rtta sog'lom himoyachi qolgan.
«Barselona» kuchli jamoa, tarkibida chempion futbolchilar jamlangan, biz o'yinni yaxshi o'tkazishimiz kerak. «Yuventus» futbolchilariga o'zlarini qurbon qilishlari va yaxshi o'ynashlari kerak bo'ladi.
Biz buyuk klub va buyuk futbolchilarga qarshi maydonga tushish baxtiga muyassar bo'lyapmiz. Bu hal qiluvchi o'yin emas, ammo biz bor imkoniyatlarimizni ko'rsatish uchun ushbu o'yinni intizorlik bilan kutyapmiz.
Messi haliyam yuqori saviyali futbolchi. Futbolchi sifatida u bilan ko'p to'qnash kelganman, ertaga murabbiylik faoliyatimdagi unga qarshi birinchi o'yinim. Bunday futbolchilarga alohida munosabatda bo'lib, ertaga ular uchun yaxshi kun bo'lmasligiga umid qilishimiz kerak», – dedi Pirlo.
27-Oktyabr 2020,21:00