Kataloniyaning "Barselona" klubi prezidenti Josep Bartomeu jamoani tark etishni xohlagan Lionel Messi mavzusiga qaytdi.
— Messi bilan menda aloqa bor. Uning atrofida yangi loyixani faollashtirish g'oyasi bo'lgan. Meni klubning moliyaviy holatini yaxshilash uchun Messini sotib yuborish g'oyasi mendan chiqqanligi haqida ayblashgan. Biroq, men bu ayblovlarga javob bergim kelmadi. Hozir ham javob berish niyatida emasman. Leo — bizning sardor. Men uni tushunaman. Ayni paytda butun jamoa va Leo g'azabda, chunki biz boshqa natija xohlagandik. G'azablanish yaxshi albatta, chunki bu ambitsiya va xohish borligini anglatadi. Shartnomani bir tomonlama bekor qilib, klubni tark etish bandi o'z kuchini yo'qotgan. Messi "Barselona"da o'ynashda davom etmoqda va umid qilamanki, u uzoq yillar bizning libosda maydonga tushadi. U o'zining futbolchilik faoliyatini bizning jamoada yakunlashi kerak, — dedi Bartomeu AS bilan suhbatda.
27-Oktyabr 2020,21:30