Kataloniyaning «Barselona» klubi bosh murabbiyi Ronald Kuman EChL doirasida «Yuventus» klubiga qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Bu hal qiluvchi o'yinmas. Bu - ushbu turnirda imkon qadar uzoqroqqa borishni xohlaydigan ikki ajoyib jamoa o'rtasidagi o'yin. Uchrashuvda ijobiy natija qayd etishimiz va buni o'z uslubimizda amalga oshirishimiz kerak.
Raqibimizni juda qattiq hurmat qilamiz. "Yuventus" yuqori saviyali jamoa. Bu - tarkibida ko'plab tajribali futbolchilari bor Evropaning eng yaxshi klublaridan biri. garchi, oldilarida tarkib borasida muammo bo'lsada, kuchli himoyaga ega. Ular o'yinni qanday nazorat qilishni biladi va ularning top-futbolchilari ko'p.
Mening shiorim – har doim g'alaba qozonish. Bu degani men himoyalanishga hojat yo'q degani emas, raqiblar tarkibida ham yaxshi hujumkor futbolchilar bor. Muvozanatni topishimiz kerak, men chuqurlikdan harakat qiladigan futbolchilarni ko'rmoqchiman.
Bu - dunyo ahli tomosha qiladigan o'in. Hamma maydonda har doim eng kuchli futbolchilar to'p surishini xohlaydi. Krishtianu o'ynaydimi yoki yo'qmi, buni bilmayman. U haqda qaror qabul qilish men uchun emas va bu mening muammoim ham emas. Men uni juda qattiq hurmat qilaman.
Pirlo haqida futbolchi sifatida gapirish osonroq. Uning murabbiylik sifatida ko'p narsa ayta olmayman. U «Yuventus»dek katta jamoani boshqarish imkoniyatiga ega bo'ldi. Ammo yangi futbolchilarni o'yin uslubiga o'rgatib olish uchun... bu vaqt talab etadi. Umid qilamanki, u ulguradi», – dedi Kuman.
27-Oktyabr 2020,00:10
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0