«Yuventus» bosh murabbiyi Andrea Pirlo Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichi 2-turi doirasida bo'lib o'tgan «Barselona»ga qarshi o'yin (0:2) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.«Rivojlanishda bizdan oldinda borayotgan jamoaga qarshi o'yin qiyin bo'lishini bilardik. Ularning safida yuqori saviyada o'ynay oladigan futbolchilar bor. Bizning safimizdagi ayrim futbolchilar esa faoliyati davomida bor-yo'g'i ikkinchi marta EChL bahsida maydonga tushishdi.O'ylashimcha, bu o'yin bizning o'sishimizga yordam beradi. Umid qilaman, etakchi o'yinchilarimiz tez orada safga qaytishadi. Bir tarkib bilan bir nechta o'yinlarni o'tkazish qiyin. Artur, Bentankur, Rabo va boshqa o'yinchilar hali yosh, ammo biz tajriba to'plashni va «Barselona» kabi jamoalar bilan tengma-teng o'ynashni istaymiz», — dedi Pirlo.
29-Oktyabr 2020,08:50
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0