Evropaning tadqiqotga oid nashri 11 metrli zarbalarni amalga oshirish bo'yicha statistikani e'lon qildi, natijada Krishtianu Ronaldu va Lionel Messilar penaltilar tepish bo'yicha "ustasi farang" emas.
Eng ko'p amalga oshirilmagan penaltilar Krishtianu Ronaldu va Lionel Messiga tegishli. Ular 27 marotaba "nuqtadan" adashgan. Qayd etish kerakki, ushbu "antireytingda" argentinalik Messi "karvonboshilik" qilmoqda, chunki u portugaliyalik "hamkasbiga" qaraganda ko'proq darvozaga to'pni aniq yo'llash borasida xatolikka yo'q qo'ygan.
Uchinchi o'rinni esa Franchesko Totti egallab turibdi. U futbolchilik faoliyatini yakunlagan, lekin faoliyat davomida 19 ta penaltini ko'kka sovurgan.
"Faxrli" to'rtinchi o'rin esa "Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich "nasib" etdi.
«Top-5»ni Antonio Di Natale yakunlab beradi. Italiyalik futbolchi faoliyati davomida 15 ta 11 metrli jarima to'pini noaniq amalga oshirgan.
12-Noyabr 2020,21:10
O'qildi: 62 - Fikirlar: 0
O'qildi: 46 - Fikirlar: 0