Kataloniyaning «Barselona» klubi rahbariyati payshanba kuni o'tkazilgan yig'ilishda 2021 yilning 24 yanvar kuni prezidentlik saylovlarini o'tkazishga qaror qildi.
Hozircha bu muddat taxminiy deyilmoqda, chunki, «Barselona»ga yangi prezident saylanishiga koronavirus pandemiyasi halaqit qilishi mumkin, deya xabar bermoqda Marca nashri.
«Barselona» keyingi hafta hukumat bilan saylov protsedurasi bayonnomasi bilan kelishib oladi. Saylovchilarning ommaviy yig'ilishlariga yo'l qo'ymaslik maqsadida, saylovlarni bir nechta joylarda o'tkazish varianti ko'rib chiqilmoqda.
Ayni paytda klub prezidenti lavozimiga etti nafar nomzod ro'yxatga olingan. Bular – Xavi Vilajoana, Viktor Font, Toni Freysha, Jordi Farre, Agusti Benedito, Pere Riera va Luis Fernandes Ala. Biroq, ro'yxat hali yana o'sishi mumkin.
13-Noyabr 2020,15:20
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0