"Barselona" kredit pulidan Niko Uilyamsni qo'lga kiritish uchun foydalanishni rejalashtirmoqda.
Mundo Deportivo nashri xabariga ko'ra, kataloniyaliklarning moliyaviy ahvoli ularga ispaniyalik futbolchining 58 million evrolik tovon pulini to'liq to'lashiga imkon bermayapti, chunki "Atletik" transfer bo'yicha bo'lib-bo'lib to'lovlarni muhokama qilishni istamayapti.
Bir necha oy oldin La Vanguardia gazetasi "Barselona" yil yakunidagi kamomad va klubning qarz muddati tufayli yuzaga kelgan likvidlik talablarini qondirish uchun 100 million evro miqdorida kredit olish borasida muzokaralar olib borayotgani haqida xabar bergandi.
Shuningdek, Cadena SER xabar berishicha, klub ushbu kreditdan Niko Uilyamsni sotib olish uchun foydalanishni rejalashtirmoqda.
Oldinroq "Barselona" sport direktori Deku Uilyamsning agenti Feliks Taynt bilan uchrashib, shartnoma masalalarini muhokama qilgan va klubning futbolchiga nisbatan niyatlarini bildirgan.
19-Iyul 2024,19:30