Kataloniyaning "Barselona" klubini 17 yoshli yarim himoyachisi Pedri "Real" tarkibida o'ynashga yaqin kelgani haqida so'zlar berdi.
— Menga eng ko'p maslahat beradiganlar - ota-onam va akalarimdir. Ularning maslahati meni oldinga qadam tashlashimga yordam beradi. Jamoada eng yaqin do'stim Trinkan sanaladi, jamoaga bir paytda kelganmiz va birga mashg'ulotlarni boshlaganmiz. Fati bilan ham juda yaqin munosabatdaman. Men avvalroq Madridda mashg'ulot olib borganman. "Real"dagilar menga etarli darajada saviyali futbolchi emasligimni aytishgandi. Ular meni o'z ofislariga olib borishga va o'z pozitsiyalarini tushuntirishgan. O'zim doim xohlagan klubda o'ynash baxtim muyassar bo'lganim uchun "Real"dagilarga rahmat, — Pedrining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Cadena SER.
17-Noyabr 2020,11:10
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0