Kataloniyaning "Barselona" klubi rahbariyati o'z tarbiyalanuvchisi - Ansu Fati bilan shartnomani uzaytirish niyatida, biroq, muzokaralar bir tekisda davom etmayapti.
Ansu Fati "Barselona" bilan hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor, ammo hujumkor futbolchi bilan amaldagi shartnomaning ayrim qoidalarini talqin qilish borasida ma'lum kelishmovchiliklar bor.
"Barselona" rahbariyatining fikriga ko'ra, Fatining "ko'k-anorranglar" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yil yozigacha amal qiladi,biroq, bu bitim yana ikki yilga avtomatik ravishda uzaytirilishi bandi mavjud.
Futbolchining, aniqrog'i uning otasi va agenti Xorxe Mendesning pozitsiyasi shuki, shartnomaning yakuniy sanasi 2022 yil iyunigacha. Shuning uchun Fati vakillari bitimning moliyaviy shartlarini o'zgartirmasdan bitimni bir tomonlama uzaytirish mumkin emasligini ta'kidlamoqda.
E'tiborli jihati shundaki, bunday voqea Ansu shartnomani imzolash paytida atigi 17 yoshga to'lganligi va 18 yoshgacha bo'lgan futbolchilar bilan FIFA uch yildan ortiq muddatga shartnomalar tuzishni taqiqlagani sababli yuzaga kelgan.
20-Noyabr 2020,13:30