Ispaniya chempionatining 10-turidan o'rin olgan "Atletiko" va "Barselona" jamoalari o'rtasidagi o'yinda "ko'k-anorranglilar"ning yana bir futbolchisi jarohat olgani ma'lum bo'ldi. Himoyachilar Jerar Pike va Serxi Robertodan tashqari, hujumchi Usmon Dembele ham jarohat olgan ekan. Frantsiyalik futbolchi ikkinchi bo'limda to'pni gavdasi bilan Yannik Karraskodan berkitishga harakat qildi. "Atletiko" a'zosi esa to'p uchun kurashda Usmonni maydonga yiqitdi. Dembele esa elkasi bilan maysaga noqulay yiqildi. Shifokorlar ikki daqiqa davomida unga yordam ko'rsatishdi. U uchrashuvni davom ettira olgan bo'lsa-da, muntazam ravishda elkasini ushlab yurdi.Dembele bugun tibbiy ko'rikdan o'tdi va jarohat olgani ma'lum bo'ldi. Uning tiklanishi uchun qancha vaqt talab etilishi haqida ma'lumot berilmadi.Usmon joriy mavsumda "Barsa" safida barcha musobaqalar doirasida 9ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urdi va bitta golga uzatma berdi. "Barselona" 24 noyabr kuni Kievda "Dinamo" klubi mehmoni bo'ladi.
22-Noyabr 2020,21:00
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0