Turkiyada darvozabon 11-soniyadayoq maydondan chetlatildi

Turkiya chempionatining 8-turida «Konyaspor» va «Yeni Malatyaspor» uchrashuvi g‘alati epizod bilan boshlandi.
O‘yinning ilk soniyalaridayoq mehmonlar jamoasi futbolchisi raqib jarima maydoni tomon uzun uzatma yo‘lladi. Mezbonlar darvozaboni Serkan Kirintili o‘z darvozasi hududini tark etib, to‘pni egallab olishga harakat qildi, ammo u to‘p trayektoriyasini to‘g‘ri hisoblay olmadi. Jarima maydoni tashqarisiga yugurib chiqqan darvozabon to‘pni qoidalarga ko‘ra to‘xtatib qololmasligini anglaganidan keyin jamoasini goldan qutqarish uchun to‘pni qo‘li bilan ushlab oldi. O‘zini qanday jazo kutayotganini oldindan bilgan darvozabon hakam unga qizil kartochka ko‘rsatishidan oldin qo‘lqoplarini yechib kiyim almashtirish xonasiga yo‘l oldi. Hakam uning ortidan qizil kartochka ko‘rsatdi.
O‘yinning ilk daqiqasidanoq bir kishi kam bo‘lib qolgan «Konyaspor» o‘yin davomida ikki gol o‘tkazib yubordi va 0:2 hisobida yutqazdi.
O'xshash yangiliklar
00:16 El Klasicoga.........
21:50 Tyuram Messi unga butsalarni qanday bergani haqida: "10 yoshda edim, nima bo'lganini tushunmaganman"
Izoh qoldirish
Xabarlar (3)
R
Bo'limlar
Muloqot (300/+0)
Yangiliklar (33281/+8)
UzFIFA Yangiliklari (24.05.2025)
Futbol TV Yangiliklari (24.05.2025)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1776)
Eng ko'p o'qilgan
20-May
07:30
07:20
Argentinalik vunderkind "Barselona" va "Real" uchun APL grandlaridan voz kechadi
O'qildi: 94 - Fikirlar: 0
O'qildi: 94 - Fikirlar: 0
18-May
14:40
"Yuventus" "Barselona" futbolchisini 50 million evroga sotib olishi mumkin
O'qildi: 87 - Fikirlar: 0
O'qildi: 87 - Fikirlar: 0
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)