«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman maoshining kamaytirilishiga rozi bo'ldi.57 yoshli mutaxassis klubning og'ir iqtisodiy ahvolini yaxshi tushunib turibdi. Kuman va uning shtabi «Barsa» rahbariyatiga maoshlarning pasaytirilishiga qarshi emasligini ma'lum qilishdi. Bu haqda "Mundo Deportivo" xabar tarqatdi.Kuman o'z qarorini «Barsa» futbolchilariga ma'lum qilmoqchi. Shuningdek, mutaxassis klub o'yinchilar ham maoshning kamayishiga rozi bo'lishini istayotganini o'z shogirdlariga ma'lum qilmoqchi. Rahbariyat bu borada futbolchilarga o'ylab ko'rish uchun dushanba kunigacha vaqt bergan edi, ammo ularning aksariyati bu taklifga rozi bo'lmadi. Eslatib o'tamiz, faqat Mark-Andre ter Stegen, Jerar Pike, Kleman Langle va Frenki de Yong maoshning pasaytirilishiga rozilik bildirishdi. Ular maoshlarni 30 foizga kamaytirgan holda klub bilan shartnomani uzaytirishdi.
27-Noyabr 2020,21:10