Kataloniyaning «Barselona» klubi bosh murabbiyi Ronald Kuman La Liga doirasida «Kadis» klubiga qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuvdan oldin jamoadagi vaziyat haqida fikr bildirdi.
«Kadis» juda ham ochkoga muhtoj vaziyatda turibdi. Ularga qarshi uchrashuv juda qiyin o'tadi, o'z yuqori saviyadagi o'yinimizni ko'rsatishimiz kerak. Shuningdek, biz qimmatli ochkolarni yo'qotmasligimiz kerak.
Messi bilan bog'liq vaziyat bizga ayon. Messining kelajagiga faqatgina uning o'zigina ta'sir ko'rsata olishi mumkin. Menga klubdan tashqaridagi insonlarning suhbatlari qiziq emas. Bunday suhbatlar bizning barqaror o'yin namoyish etishimizga halaqit beradi, xolos.
Umtiti haqida nima deyishim mumkin? U yaqin kunlarda safga qaytadi. U yaqinda yoshlar jamoasi tarkibida bir soatga yaqin o'ynadi va o'zini noqulay his qilmadi. Aniq qachon maydonga qaytishini ayta olmayman, lekin u ro'yxatimizdan joy oladi. Arauxo ham maydonga tushishga tayyor», — dedi Ronald Kuman.
4-Dekabr 2020,00:20