Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichining so'nggi turida "Barselona" o'z uyida "Yuventus"ga 0:3 hisobida yutqazib, o'z guruhida 2-o'rinni egalladi. Turinliklar bejizga guruh g'olibligi uchun harakat qilishmadi. Boisi, nimchorak finalda 2-o'rinni egallagan jamoalarni kuchli raqiblar kutib turgan edi. Xo'sh, pley-off bosqichida "Barsa" qaysi klubga to'qnash kelishi mumkin?Ma'lumot o'rnida. Guruhda 2-o'rinni egallagan jamoa nimchorak finalda guruh peshqadamlari bilan to'qnash keladi. Shuningdek, reglamentga ko'ra, jamoa o'z guruhi g'olibi va o'z mamlakatining boshqa klubiga duch kelmaydi. Quyidagi klublar o'z guruhlarida 1-o'rinni egallashdi: "Bavariya" ("A" guruhi, 13 ochko, 5ta turdan so'ng)"Manchester Siti" ("S" guruhi, 13 ochko, 5ta turdan so'ng)"Liverpul" ("D" guruhi, 12 ochko, 5ta turdan so'ng)"Chelsi" ("E" guruhi, 14 ochko)"Borussiya Dortmund" ("F" guruhi, 13 ochko)"Leyptsig" yoki "PSJ" ("H" guruhi). Ushbu guruhning "PSJ" - "Istanbul" o'yini kecha oxiriga etmay qoldi. O'yin bugun bo'lib o'tadi. Agar parijliklarga g'alaba qozonishsa, "Barsa"ning ehtimoliy raqibiga aylanishadi. Aks holda "Leyptsig" guruh g'olibiga aylanadi. "B" guruhida ham vaziyat ancha chigal. Bu guruhda g'oliblikni qo'lga kiritish uchun "Borussiya Myonxengladbax", "Real" va "Shaxtyor" klublarida nazariy imkoniyat mavjud. "Qirollik klubi" guruhda 1-o'rinni egallasa, nimchorak finalda "Barselona"ga raqib bo'lmaydi. Aks holda "konchilar" yoki gladbaxliklar guruh peshqadami sifatida qur'ada "ko'k-anorranglilar"ga tushishi mumkin. EChL nimchorak final bosqichiga qur'a tashlash marosimi 14 dekabr kuni bo'lib o'tadi.
9-Dekabr 2020,14:20
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0