UFCning engil vazndagi chempioni Habib Nurmagomedov Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichiga qur'a tashlangach, juftliklarda qaysi jamoa g'alaba qozonishi mumkinligi haqida o'z fikrini bildirib o'tdi.Rossiyalik sportchining fikricha, 1/8 final bosqichida sensatsiya yuz bermaydi. Ya'ni guruh bosqichida 1-o'rinni egallab chiqqan jamoalar keyingi bosqichga yo'l olishadi. Jumladan, "Barselona" - "PSJ" o'yinida parijliklar g'alaba qozonishadi. Habibning taxminicha, "Real", "Bavariya", "Liverpul", "Chelsi", "Manchester Siti", "Borussiya Dortmund", "Yuventus" va "PSJ" chorak final ishtirokchilariga aylanishadi."Juftliklarda o'ng tomonda ko'rsatilgan jamoalar g'alaba qozonadi. Skrin qilib oling, keyin ko'ramiz", - deya yozdi Habib instagram orqali.
15-Dekabr 2020,22:50