Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Ronald Kuman kecha «Valenciya»ga qarshi bahsni olib borgan referi Alexandro Ernandesni tanqid qildi.
«Futboldan adolat topish qiyin. Bunga kechagi o'yinda ham guvoh bo'ldim. Hakam bir nechta vaziyatlarda men ko'rgan holatlarni payqamadi. Ayniqsa, Gayyaga ko'rsatilgan qizilga "VAR"ning munosabatini tushunib bo'lmadi.
Lekin bu kabi xatolarni futbolchilarimning klassi yopib ketdi. Faqatgina yakunda biroz sovuqqonlik etishmadi xolos. 73 foiz to'pni nazorat qilsang ham 25 ta zarbaning yarmidan ko'pi noaniq ketsa, bu katta muammo aslida» - deydi Kuman.
Eslatib o'tamiz, Ernandes «Valenciya» futbolchisi Gayyaning birinchi bo'lim oxirida Grizmanga nisbatan ishlatgan folidan so'ng dastlab qizil kartochka ko'rsatdi. Lekin «VAR» tekshiruvidan so'ng u qarorini «sariq»qa o'zgartirdi.
20-Dekabr 2020,16:20
Хакамда айб эмас, хамма айб сенда...Ёкмайсан,,,кетмайди шу...
Javob