Madridning "Atletiko" klubi sobiq futbolchisi Xuanfran faoliyatining yorqin damlarini Diego Simeone qo'l ostida o'tkazdi va "Barselona"da porlagan Neymarga qarshi bir necha marotaba to'qnash keldi. Himoyachi Neymarning provokatsion qiliqlaridan xafa bo'lmaganligini tan oldi.
«Men Neymarga qarshi o'ynaganimda u yosh va hozirgiga qaraganda ancha kuchli edi. Men u bilan bir necha marotaba so'kishib qolganman, lekin bularning barchasi maydonda qolgan. U bilan hech qanday muammo yo'q, Neymarga barcha yaxshi tilaklarni tilayman.
Uning himoyachilarni provokatsiya qiladigan o'yinlari bor. Unga qarshi o'ynash doim qiyin bo'lgan. Unga mana shunday o'yin uslubi yoqadi», – dedi Xuanfran.
Xuanfran ayni paytda Braziliyaning «San-Paulu» klubi sharafini himoya qilmoqda.
26-Dekabr 2020,12:00