«Milan» hujumchisi Zlatan Ibrahimovich o'zining orzular jamoasini ma'lum qildi.«Men futbolga sodiq bo'lgan 11 nafar kuchli o'yinchilarni tanlayman. Ular menga nimadir bera olgan.Darvozabon — Buffon. Men u bilan «Yuventus»da birga o'ynaganman. U o'ziga xos jamoa edi va menda ajoyib taassurotlar qolgan. Men yosh bo'lganman. Ular menga shunday yondashishganki, men hozir «Milan» yoshlariga shunday munosabatda bo'laman.Maksvell — chap qanot himoyachisi, mening do'stim. Undan keyin himoya markazida — Nesta va Kannavaro. Fabio juda shiddatli edi. U o'zining skuterida meni Neapol bo'ylab sayr qildirardi. U va Tyuram juda tajribali o'yinchilar edi. Men hozir ham u bilan birga o'ynashni istardim.Maykon — o'ng qanot himoyachisi. «Inter»ga kelganida uning qadriga etishmadi. Tayanch yarim himoyasida — Nedved. U menga hammadan ham ko'proq narsa bergan. Uni ko'rganimda kam ishlayotganimni tushunib etganman. U doimo mashg'ulotda ishlardi, mashina edi.Yarim himoyada Vieyra va Xavi. Ikki chempion. O'sha «Barselona» juda kuchli edi. Dastlabki yarim yil ajoyib bo'lgandi, keyin esa murabbiylar tufayli o'zimni yomon his qilganman. Hujumda esa barchasi oddiy. Zidan — hujumkor yarim himoyachi. Hujumda Ronaldo va Maradona. Diego buyuk o'yinchi, u menda yaxshiroq. U mazkur jamoaning bosh murabbiyi bo'lishi mumkin edi. Kim bilsin, balki men ham vaqti kelib murabbiy bo'larman», — dedi shvetsiyalik futbolchi.
27-Dekabr 2020,20:10
O'qildi: 57 - Fikirlar: 0
O'qildi: 45 - Fikirlar: 0