«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman jamoa sardori Lionel Messi nima uchun «Eybar»ga qarshi o'yinda ishtirok etmasligiga izoh berdi.«Leo to'pig'ida og'riq his qildi. Shu bois mashg'ulotlarda ishtirok etmadi va ertaga maydonga tushmaydi. Shuning uchun unga ko'proq dam olish imkoniyatini berdik.Umuman olganda, u «Eybar»ga qarshi o'yindan keyin mashg'ulotga qaytadi. Shifokorimizning aytishicha, uning bir hafta shug'ullanmasligi etarli bo'ladi. Messi tarkibda bo'lmasa, jamoa o'yini samaradorligi va saviyasi tushadi. Hujumda ajoyib o'yinchining xizmatidan foydalana olmaymiz. Ammo biz u uchun tizim yaratmaymiz, u tizimning bir bo'lagi. Bizda uning pozitsiyasida o'ynay oladigan futbolchilar etarli. Umid qilaman, ular Messining yo'qligini bilintirishmaydi», – dedi Kuman.
28-Dekabr 2020,21:00
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0