«Barselona» yarim himoyachisi Filippe Koutino Ispaniya chempionatining 16-turi doirasida bo'lib o'tgan «Eybar»ga qarshi o'yinda olgan jarohati (1:1) tufayli uzoq vaqtga safdan chiqqan bo'lishi mumkin. Kechagi bahsda uning tizzasidagi bo'g'imidagi payi jarohatlangan bo'lishi mumkin. Braziliyalik futbolchi bugun chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tadi.Agar uning payi uzilgan bo'lsa, futbolchi operatsiya qilinadi. Bu holda uning tiklanishi uchun 4 oy vaqt ketadi. Pay qisman jarohatlangan bo'lsa, Koutinoning sog'ayishi uchun 1,5 - 2 oy vaqt talab etiladi. Filippe shifokorlar yordamida maydonni tark etganini inobatga olsak, uning jarohati ancha jiddiy. Shu tariqa, Koutino eng yaxshi holatda maydonga fevral oyi o'rtasida qaytadi.28 yoshli futbolchi Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 12ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urib, 2ta golga uzatma berdi.
30-Dekabr 2020,15:00
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0