"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh rivojlanish uchun qaysi futbolchiga o'xshashga intilishini aytdi."Hayotda har kuni rivojlanish kerak. Agar o'sish uchun imkoniyating bo'lsa, yomon futbolchi bo'lishing kerak emas. Shu bilan birgalikda hali eng yaxshi bo'lishning ham imkoni yo'q.Krishtianu va Messiga qarang. Ular mavsumdan mavsumga kuchayib borishyapti. Ular 11 yildan beri o'zaro "Oltin to'p" uchun kurash olib borishyapti. Bunaqasini takrorlashning imkoni yo'q.Portugaliya terma jamoasida Ronaldu bilan birga o'ynash nasib etdi. Uning qanchalik rivojlanayotganini kuzatish imkoniyatiga egaman. Bu jarima zarbasi bo'ladimi yoki bosh bilan zarba — farqi yo'q. U hech qachon rivojlanishdan to'xtab qolmaydi", – dedi Fernandesh.
1-Yanvar 2021,09:00