«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman Ispaniya kubogining 1/8 final bosqichi doirasida bo'lib o'tgan «Rayo Valekano»ga qarshi o'yin (2:1) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi. «O'ylashimcha, raqib sifatli pressing qo'llaganiga qaramay, biz yaxshi o'ynadik. Biz golga tortadigan vaziyatlar yaratdik. Gol o'tkazib yuborganimizdan keyin tezda o'yinga qaytdik va o'z o'yinimiz orqali g'alabaga erishdik. Ko'proq gol urishimiz mumkin edi. Eng muhimi keyingi bosqichga chiqdik.Biz uchun bu og'ir oy bo'ldi. Ko'p o'yinlarni safarda o'tkazdik, ko'p safarlarga chiqdik ["Barsa" ketma-ket 8ta o'yinni safarda o'tkazdi — stadion.uz]. Jamoa xarakter namoyish etdi va g'alabaga munosib edik. Ko'p jihatdan "qo'shib" boryapmiz va o'yindan-o'yinga shunday harakatlanishda davom etishimiz kerak. De Yong? U universal futbolchi. U hujumda bizga ko'p imkoniyatlar yarata oladi. U bizga kerak edi. Frenki gollar urmoqda, yarim himoyada ajoyib ishlarni amalga oshirmoqda. Uning jismoniy tayyorgarligi joyida. U birinchi daqiqada ham, to'qsoninchi daqiqada ham bir xil harakatlana oladi. U ajoyib davrni boshdan kechirmoqda.Natijadan va o'yinchilarning xarakter ko'rsatganidan qoniqish hosil qildim. Qiyin pallada barcha sidqidildan ishladi. Umuman olganda, biz yaxshi o'ynadik», — dedi Kuman.
28-Yanvar 2021,09:30
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0