«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman Ispaniya chempionatining 2-turi doirasida bo'lib o'tgan Bilbaoning «Atletik» klubiga qarshi o'yin (3:2) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.«Xursandman. Bugun 0:1 hisobida yutqazayotganimizda ham kontsentratsiyani yo'qotmadik. Birinchi golda uyushmagan holda harakat qilganimiz uchun jazolandik. Lekin shundan so'ng ajoyib harakat qildik. Biz o'yinni to'liq nazorat qildik, biror marta bo'shashmadik. Ajoyib o'yin. Hali ishlashimiz kerak bo'lgan jihatlarimiz bor, ammo bugun gollar chiroyli bo'ldi. Messi yanada ko'proq gol urishi mumkin edi, ammo ikki marta darvoza ustunini nishonga oldi. U hamisha to'la kuch bilan ishlaydi va uzoq yillardan buyon yuqori saviyada o'ynab kelmoqda. Nazarimda, hozirda u yanada samarali harakat qilmoqda. Sovrin uchun imkoniyat hali qo'ldan chiqmadi. Mavsum hali olis. Jarohatlar, ko'tarilishlar, pasayishlar bo'lishi mumkin. La ligada raqobat yuqori. Top-klublarning esa taqvimi murakkab. Butun mavsum davomida yuqori saviyani ushlab turish qiyin.Boshqa o'yinlarda ham ko'proq ochko to'plashga haqli edik. G'alabalar o'zimizga bo'lgan ishonchni oshiradi. Jamoa rivojlanmoqda va ishonchliroq harakat qilmoqda», — dedi Kuman.
7-Yanvar 2021,07:50