Xabaringiz bor, "Barselona" sardori Lionel Messi joriy mavsum so'ngida erkin agentga aylanadi. Mish-mishlar esa argentinalik futbolchining taqdirini "Pari Sen-Jermen" bilan bog'lamoqda.Leoning "Barsa"dagi taqdiriga 24 yanvar kuni bo'lib o'tadigan prezidentlik saylovidan so'ng oydinlik kiritiladi. Yangi rahbar futbolchi bilan muzokara olib boradi."Marca" nashri frantsiyalik jurnalist Jyulen Loranga tayanib xabar tarqatishicha, Messiga maosh to'lash uchun parijliklarning puli etmasligi mumkin. "Moliyaviy fair-play, COVID-19 pandemiyasi — ushbu omillarning barcha ayni paytda klublarga bosim o'tkazmoqda. Ushbu global muammodan "PSJ" ham chetda qolmayapti. Messi bilan shartnoma borasida esa: Neymarning yillik maoshi 30 million evroga teng, Lionel esa 60 million evro pul so'raydi. Bundan tashqari, Mbappe bilan yangi shartnoma imzolash masalasi turibdi. Klub unga ham 30 million evro maosh taklif qildi. Faqatgina mana shu uch futbolchining maoshi, mukofotlar va soliqlarni qo'shib hisoblaganda klub xarajati 150 mln evroga etadi. Hozirda esa buni ta'minlashning imkoni yo'q!Shunga qaramay, "PSJ" tavakkal qilishi mumkin. Ammo buning ehtimoli yuqori emas", — deya yozdi jurnalist.
11-Yanvar 2021,18:40
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0