Opta nashri La liganing so'nggi 10 yildagi eng yaxshi dribling ustalari reytingini e'lon qildi.Unga ko'ra, birinchi o'rin «Barselona» hujumchisi Lionel Messiga tegishli bo'ldi. Argentinalik futbolchi raqiblarini jami 1617 marta muvaffaqiyatli aldab o'tgan va eng yaqin ta'qibchidan deyarli uch barobarga o'zib ketgan.Ikkinchi pog'onani esa Bilbaoning "Atletik" klubi hujumchisi Iker Muniain egalladi. U o'n yil davomida "bor-yo'g'i" 607 marta raqiblarini aldab o'tgan. "Real" safida etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgan Isko esa 527ta dribling bilan kuchli uchlikka kirdi. Neymar esa "Barsa" safida 4 yillik faoliyati davomida raqib futbolchilarini 493 marta aldab o'tgan va u to'rtinchi o'ringa joylashdi.2018 yilda «Yuventus»ga yo'l olgan «Real» sobiq hujumchisi Krishtianu Ronaldu 10-pog'onani band etdi. Portugaliyalik futbolchi 8 yil davomida 403ta aldab o'tishni amalga oshirgan.Top-10lik bilan tanishing:1. Lionel Messi («Barselona») — 1 617 dribling;2. Iker Muniain («Atletik») — 607;3. Isko («Real») — 527;4. Neymar («Barselona») — 493;5. Ever Banega («Sevilya» va «Valensiya») — 465;6. Fabian Orelyana («Valyadolid») — 452;7. Xoakin Sanches («Betis») — 450;8. Marselo («Real») — 430;9. Andres Inesta («Barselona») — 426.10. Ronaldu («Real») — 407.
11-Yanvar 2021,17:20
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0