Turinning «Yuventus» klubi yarimhimoyachisi Artur Krishtianu Ronaldu hamda Leo Messini o'zaro solishtirdi.
«Har bir futbolchi o'z liderlik salohiyatini turli yo'llar orqali ko'rsatadi. Messida buni namoyon qilish uchun bir qator xususiyatlar bor. Biroq ko'pchilik buni tan olgisi kelmaydi.
U to'pni qabul qilishi bilanoq hamma deyarli gol bo'lishini seza boshlaydi. U g'alaba uchun tug'ilgan. Bu uning printsipi.
Ronaldu esa o'z imidjini maydondan tashqarida ham ko'p yo'llar orqali ifodalay oladi. U gol mashinasi. Kiyim almashtirish xonasida u murabbiyga aylanib oladi. Boshqalar bilan o'zaro kommunikatsiyasi mukammal rivojlangan. Bu tilni bilish xususiyati bilan bog'liq albatta.
Qaysi birini jamoangizda sardor sifatida ko'rgan bo'lardingiz? - Bu qiyin savol. Biroq men Ronalduni tanlagan bo'lar edim. Chunki hozir uni yaxshiroq bilaman», - deya Arturning so'zlaridan iqtibos keltiradi ESPN.
17-Yanvar 2021,23:10
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0