Ispaniya Superligasining finalida "Barselona" "Atletik" klubi bilan bahs olib bordi.
Avvaliga "Barselona" Grizmanning kiritgan golidan keyin hisobda oldinga chiqib oldi. Ammo, oradan ikki daqiqa o'tgach De Markos muvozanatni tikladi.
Ikkinchi bo'limda ham kataloniyaliklar yana Grizmanning goli evaziga hisobda olinga chiqib oldi, biroq, uchrashuvning asosiy vaqtiga qo'shib berilgan daqiqalar o'tib borayotgan pallada Vilyalibre Ter Shtegen darvozasini aniq nishonga olib, hisobni tenglashtirdi.
G'olib jamoani aniqlash esa qo'shimcha bo'limlarga qoldi. Uchinchi bo'lim boshidayoq Uilyams "Atletik" jamoasini oldinga olib chiqdi va shu bilan birga jamoasiga Ispaniya Superkubogini taqdim etdi.
Messining 120-daqiqada asabiylashgani va olgan qizil kartochkasi ham "Barselona"ga yordam bermadi.
"Barselona" – "Atletik" 2:3
18 yanvarya, 01.00, «La Kartuxa»
Gollar: 1:0 – 40 Grizmann, 1:1 – 42 De Markos, 2:1 – 77 Grizmann, 2:2 – 90 Vilyalibre, 2:3 – 93 Uilyams.
"Barselona" – ter Stegen, Dest (Mingesa, 46), Arauxo, Langle (Trinkau, 105), Alba, de Yong, Buskets (Puch, 97), Pedri (Pyanich, 88), Dembele (Breytueyt, 88), Messi, Grizmann.
"Atletik" – Unai Simon, Balensiaga (Lekue, 83), Yeray Alvares, Martines (Nunes, 95), De Markos, Raul Garsiya (Vilyalibre, 83), Dani Garsiya, Muniain, Vensedor (Vesga, 81), Kapa (Berenger, 81), Uilyams (Morsilo, 105).
Ogohlantirishlar: Langle (11), Dani Garsiya (67), Vilyalibre (109), Morsilo (110), Alba (114)
Chetlatish: Messi 120
17-Yanvar 2021,03:40
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0