«Barselona» klubi 2020 yil yakunlari bo'yicha moliyaviy hisobotni e'lon qildi.E'lon qilingan hisobotga ko'ra, klubning qarshi milliard evrodan oshgan — 1,173 mlrd evro. Ulardan 730 mln evrosini "ko'k-anorranglilar" yaqin muddatda to'lab berishlari kerak. Shuningdek, jamoa yilni 488,4 mln evro miqdorida zarar bilan yakunladi. Qarzdorlikning 265 mln evrosi kredit tashkilotlariga qaytarilishi kerak bo'lgan summa hisoblansa, "Barsa"ning o'z xodimlaridan qarzi 164 mln evroga etdi."Marca" tarqatgan xabarga ko'ra, «Barsa» kredit bilan bog'liq qarzlarni qaytarish muddatini kechiktirish bo'yicha tashkilotlar bilan muzokara olib bormoqda. Klub buni kamida 2021 yilning 30 iyuniga qadar kechiktirmoqchi. Ba'zi kreditorlar bu taklifga rozi bo'lishdi. Jamoa qolganlar bilan muzokaralarni davom ettirmoqda. Hisobotning e'tiborga molik yana bir jihati — "Barselona" 2021 yilda ishqibozlarning stadionga qaytishiga va ulardan keladigan daromaddan umid qilmoqda. Xususan, «Barsa» joriy mavsum oxiriga qadar tomoshabinlarnig tashrifidan 56 mln dollar daromad olmoqchi. Rejaga ko'ra, fevral oyida stadionning 25 foizi miqdorida, may oyida esa 50 foizga ishqibozlar bilan to'ldirish uchun ruxsat berilishiga umid qilmoqda.Avvalroq «Zenit» klubi Malkomning transferi bo'yicha «Barselona»ga 9,5 million evro miqdorida pul to'lamagani haqida ma'lumot tarqatilgan edi.
26-Yanvar 2021,08:00
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0