"Barselona" prezidentligiga nomzod Viktor Fontning aytishicha, "Manchester Siti" himoyachisi Erik Garsiya "ko'k-anorranglilar" safiga o'tish uchun vaqtinchalik bepul o'ynashga ham rozi."Biz "Barselona"ning vaqtinchalik rahbaridan Erik Garsiyani yanvar oyida sotib olishni so'raymiz. Chunki, buni Kuman istamoqda. Agar saylovda g'alaba qozonsak, murabbiyning qarorini qo'llab-quvvatlaymiz. Erik Ispaniya milliy jamoasi safida Evropa chempionatida ishtirok etish uchun "Barsa" safiga o'tishni istaydi. Garsiyaning transferi joriy mavsumda "Barselona"ning 3ta sovrin uchun kurashda qatnashishida katta yordam bo'lardi. "Manchester Siti" uni 3 million evroga sotishga tayyor. Boz ustiga, pulni kelgusi mavsumda to'lasa ham bo'ladi. Erik mavsum oxirigacha "Barselona" safida tekinga o'ynashga tayyor", - dedi Font.19 yoshli Garsiya joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida "Manchester Siti" safida 8ta o'yinda maydonga tushdi. Uning "shaharliklar" bilan shartnomasi 2021 yilning yozida yakuniga etadi.
27-Yanvar 2021,20:40
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0