Agar Evropa Superligasi tashkil etilsa, ushbu musobaqada nechta jamoa ishtirok etishi ma'lum qilindi.
Klublar UEFA va FIFAdan chaqiriq so'rashga va yangi turnirni 2022/23 yilgi mavsumdan boshlashga tayyor ekanligini bildirishdi.
Ushbu musobaqada 20 ta klub ishtirok etadi, ularning 15 nafar muntazam ishtirokchiga aylanadi. Bular «Inter», «Milan», «Yuventus», «Arsenal», «Chelsi», «Liverpul», «Tottenxem», «Manchester Siti», «Manchester Yunayted», «Atletiko», «Barselona», «Real», «Bavariya», «Borussiya D» va «PSJ».
Ishtirok etadigan klublarning har biriga yiliga 350 million evro daromad kafolat etiladi. Jamoalar ikki guruhga bo'lishini va ularda 10 tadan klub ishtirok etishi ehtimoli bor.
Har bir guruhning dastlabki 1-4-o'rinni egallagan jamoalare pley-off bosqichida ishtirok etadi, deb xabar tarqatmoqda Football Italia.
Shu bilan birga, UEFA EChLning yangi formatini joriy etishni rejalashtirmoqda. Ular 2024 yildan 2027 yilgacha bo'lgan davrda musobaqani yangi sxema bo'yicha tashkil qilmoqchi. Yangilangan turnirda har bir klub kamida 10 ta o'yin o'tkazadi.
28-Yanvar 2021,17:50
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0