Undagi ma'lumotlar argentinalikning shartnomasi futbol tarixidagi eng yirik bitim ekanligini tasdiqlaydi. Kelishuv 2017 yil noyabrda amalga oshgan va shu yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan.
Manbaga ko'ra, Messi 4 yil uchun 555.237.619 evro olishi kerak. Shartnoma tugashiga besh oy qolganini hisobga olsak, u hozirgacha 511.540.545 evro ishlab olgan.
Kataloniyaliklar Messi bilan tuzgan 30 sahifali shartnomada hujumchiga har mavsum uchun bonuslar bilan birga 138 mln evro to'lashni va'da qilgan. Shartnomada 115.225.000 evrolik qo'shimcha bonus va sodiqlik uchun 77.929.955 evro miqdoridagi bonus mablag'i ham mavjud.
Mazkur ma'lumotlarni tarqatib yuborgani uchun Messi va “Barselona” El Mundo nashrini sudga beradi.
Marca yozishicha, Leoning advokatlari bunga sababchi bo'lgan bir necha shaxslarni ham sudga berishi mumkin. Ular orasida “ko'kanorranglilar” sobiq rahbari Xosep Bartomeu va Oskar Grau, klub prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi Karles Tuskets hamda yana ikki kishi bor.
31-Yanvar 2021,20:00