Kataloniyaning "Barselona" hujumchisi Lionel Messi amaldagi shartnomani shartlarini uch marotaba buzganligi haqida El Mundo nashri xabar tarqatmoqda.
Yakshanba kuni nashr 33 yoshli argentinalik futbolchining iyul oyida yakuniga etadigan shartnomasi tafsilotlarini keng ommaga havola etgandi. Unda qayd etilishicha, amaldagi shartnomaga ko'ra, Messi so'nggi to'rt yil davomida 555 million evro ishlab olgan. Keyinroq esa "Barselona" El Mundo nashriga qarshi da'vo arizasi bilan murojaat qilganini ma'lum qildi. O'z navbatida, futbolchining advokatlari klub rahbariyatining ayrim a'zolariga qarshi sudga hujjat tayyorlamoqda.
Nashrining tasdiqlashicha, Messi mehnat shartnomasining ettinchi bandini uch marta buzgan. Chunki, shartnoma shartlariga ko'ra, Messi klub rahbariyatini tanqid qilish huquqiga ega emas. Shuningdek, argentinalik futbolchi klubning sobiq sport direktori Erik Abidalni tanqid qilib, rahbariyatning klub xodimlarini maoshlarini qisqartirilishidan va jamoaning sobiq hujumchisi Luis Suaresni "Atletiko"ga o'tib ketganidan norozi ekanligini bildirgandi.
1-Fevral 2021,21:00