«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman "Granada" bilan (5:3) o'yinidan keyin fikr bildirdi.
«Ajoyib uchrashuv, aql bovar qilmaydigan futbol. O'ylaymanki, biz yaxshi o'ynadik. Ikkinchi bo'limning so'nggi besh daqiqasida biz ikkita gol urdik va qo'shimcha vaqt aql bovar qilmaydigan darajada bo'ldi.
Bizning ayni paytdagi yutug'imiz ham har qanday vaziyatda ham to'xtamayotganligimiz. Dastlab, bizda ajoyib imkoniyatlar bo'ldi, ammo to'p darvozaga kirmadi, avval uni darvozabon, so'ngra esa darvoza to'sini bartaraf etdi.
Go'yoki hammasi mag'lubiyatga olib boradigandek. Xatolarga yo'l qo'yib, ikkita to'p o'tkazib yubordik. Shundan so'ng jamoamiz, xarakter ko'rsatdi. Antuan Grizmann har doim vaziyatni o'zgartirish uchun astoydil harakat qiladi, unga omad hamroh bo'la boshladi. Buunday Antuan bilan biz yanada xavfli bo'lamiz»- dedi Kuman.
Grizmann so'nggi o'yinda ikkita gol urdi va ikkita golli pas berdi. Unda 2021 yilda gol + pas tizimida 13 ochko (7+6) mavjud.
4-Fevral 2021,07:20
O'qildi: 51 - Fikirlar: 0