Mamlakat kubogining 1/32 bosqichida, «PSJ» safarda «Kan» ustidan 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvdagi yagona gol esa 49-daqiqada Moyze Kin tomonidan kiritildi.
E'tiborli jihati, ushbu o'yinda bir necha yillr mobaynida «Barselona» yoshlar jamoasida to'p tepib, o'z iqtidori bilan ajralib turgan Xavi Simons «PSJ» safidagi debyutini amalga oshirdi. 17 yoshli futbolchi 78-daqiqada germaniyalik Yulian Draksler o'rniga maydonga tushdi.
Kataloniya klubining asosiy yosh iste'dodlaridan biri hisoblangan Xavi Simons 2019 yil yozida turli xil kelishmovchiliklar tufayli «Barselona»dan «PSJ»ga yo'l olgan edi. Ushbu transferda agent Mino Rayola katta ta'sir ko'rsatgan.
Ma'lumotlarga ko'ra, Katalon klubi yosh futbolchi bilan birinchi professional shartnomani bir qancha istisno shartlarda ya'ni 200 ming evro ish haqi, klub akademiyasining so'nggi toifasidan joy olish va keyinchalik esa «Barcelona-B»ga o'tish shu bilan birga, bir qancha bonuslar bilan imzolamoqchi bo'lgan.
11-Fevral 2021,09:40