«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman Ispaniya kubogining yarim final bosqichidan o'rin olgan «Sevilya»ga qarshi dastlabki o'yin (0:2) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.«Hozir yaxshi formadamiz. Jamoa har bir ochko uchun kurashmoqda. Bugun yaxshi o'ynadik, ammo bizga qarshi jismoniy jihatdan kuchli jamoa o'ynaganini tan olish kerak.Biz butun uchrashuv davomida ustunlikka erishdik. Biz yaxshiroq vaziyatlarga ega bo'ldik, deb o'ylayman. Alba qarshi qoidabuzarlikda penalti bor edi. O'yin VAR ishlayotgan paytda bunday vaziyat uchnu penalti belgilanishi kerak.Langlening sog'lig'ida muammo yo'q. Men Umtiti va Mingesani maydonga tushirishga qaror qildik. Chunki ko'p o'yinlar o'tkazyapmiz. Ixtiyorimizda himoyachilar ko'p emas, barcha esa tayyor holatda bo'lishi kerak», – dedi Kuman.
11-Fevral 2021,09:50