Ispaniyaning mashhur Marca nashri Ispaniya kubogining birinchi yarim final uchrashuvidagi futbolchilarning ko'rsatgan o'yinlarini baholadi.
Biroz ajablanarli tomoni esa, “Barselona“ himoyachisi Samuel Umtiti umuman baholanmadi. Frantsuz futbolchisi birinchi golning urulishida raqib futbolchilari tomonidan dog'da qoldirildi.
Shuningdek, ikkinchi golda ham xatoga yo'l qo'ydi va 90-daqiqada almashtirildi. Odatda, futbolchilarga baho qo'yilmasligi ularning muvaffaqiyatsiz o'yiniga bog'liq bo'ladi.
“Barsa“ tarkibida Lionel Messi, Usman Dembele va Frenki de Yonglar yaxshi ko'rsatgich (ikkita yulduz)ga ega bo'ldilar.
Yana bir hujumchi Antuan Grizmann qoniqarli ko'rsatgich (bitta yulduz) qayd etdi. “Sevilya“ himoyachisi Jyul Kunde va yarim himoyachi Joan Jordanalar esa eng yaxshi (uchta yulduz)ga loyiq topildi.
11-Fevral 2021,16:00
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0