"Pari Sen-Jermen" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jamoa hujumchisi Neymarning jarohati borasida o'z fikrini bildirib o'tdi."Tiklanish jarayonida Neymarni Braziliyaga borib kelish uchun ruxsat so'raydimi yoki yo'qmi, bilmayman. Barchasi shifokorlarning xulosasiga bog'liq. Ba'zida o'yinchilar tezroq safga qaytishlari uchun ularning sharoitni o'zgartirishiga imkon beriladi. Tiklanish jarayoni muvaffaqiyatli bo'lishiga hamisha umid bor.Umid qilaman, Neymar javob bahsiga qadar safga qaytadi. Uning ishga bo'lgan munosabati va motivatsiyasi yaxshi taassurot qoldirmoqda. U "Barselona"ga qarshi o'yinni intizorlik bilan kutayotgandi. Maydonga tusha olmayotganidan afsusda. Neymar mana shunday o'yinlar uchun yaratilgan. Shu bois, bu uning uchun zarba bo'ldi. Neymar va Di Mariyaning yo'qligi — biz uchun katta yo'qotish. Ammo biz vaziyatga moslashishimiz kerak. Men optimistman. Bu esa jamoa uchun sinov", — dedi Pochettino."Barselona" va "PSJ" jamoalari o'rtasidagi dastlabki o'yin 16 fevral kuni bo'lib o'tadi.
12-Fevral 2021,21:00