"Barselona" himoyachisi Jerar Pike 15 fevral kuni umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytishni rejalashtirmoqda. Ispaniyalik futbolchi 3 mart kuni bo'ladigan «Sevilya»ga qarshi bo'ladigan Ispaniya kubogining yarim final bosqichidan o'rin olgan javob bahsigacha tiklanishga ulgurmoqchi. Bu haqda "Diario AS" xabar tarqatdi.Eslatib o'tamiz, Pike noyabr oyida tizzasidan jarohat olgan edi. Shundan buyon u maydondan tashqarida qolmoqda. Jerar o'tgan haftada individual mashg'ulotlarni boshladi.34 yoshli futbolchi mart oyi boshida safga qaytishni rejalashtirayotgan bo'lsa, Ispaniya futbol assotsiatsiyasi uni diskvalifikatsiya qilishi mumkin. Pike yaqinda matbuotga bergan intervyusida hakamlar "Real" yon bosishi haqida gapirgan edi. Shu bois, u 4 o'yindan 12ta o'yingacha chetlatilishi mumkin.
12-Fevral 2021,22:30