“PSJ“ yarim himoyachisi Marko Verratti Chempionlar Ligasi 1/8 finalining “Barselona“ga qarshi dastlabki uchrashuvni o'tkazib yuborishi mumkin, deya ta'kidlaydi parijliklar bosh murabbiyi Maurisio Pochettino.
“Keling, Verattining seshanba kuni o'zini qanday his qilishini ko'raylik“- deydi murabbiy. Avvalroq, Frantsiya kubogi doirasida kechgan “Kan“ga qarshi o'yinda (1: 0) Neymar jarohat olib, “Barselona“ga qarshi bahsni o'tkazib yuborishi ma'lum bo'lgan edi. Shuningdek, yarim himoyachi Anxel Di Mariya ham jarohat sabab parijliklarga yordam bera olmaydi.
Ma'lumot uchun, Verratti Liga 1 doirasida 15 o'yin o'tkazib, 1 golli uzatma muallifiga aylangan. Eslatib o'tamiz, “PSJ“ hamda “Barselona“ qarama-qarshilig 16 fevral, seshanba kuni bo'lib o'tadi.
14-Fevral 2021,12:50