«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman Evropa chempionlar ligasining nimchorak final bosqichi doirasida «PSJ»ga qarshi bo'lib o'tgan o'yin (1:4) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi. «Uchrashuv natijasi «PSJ» qanchalik zo'r o'ynaganini ko'rsatadi. Birinchi bo'lim tengma-teng kechdi. Raqib esa bizga nisbatan samarali harakat qildi. Messining golidan keyin Dembele hisobni 2:0ga etkazishi mumkin edi. Ikkinchi bo'limda esa himoyamizda muammolar yuzaga keldi.«PSJ» ayni paytda bizdan kuchli ekanini ko'rsatdik. Buni qabul qilamiz. Ammo o'z o'yinimizni yaxshilashimiz kerak. Bunday holat yuz berishi mumkinligini tushunib turgandik. Chunki bizga qarshi kuchli jamoa o'ynadi. Jismoniy va yana bir nechta jihatdan raqib bizga nisbatan bir bosh ustun.Bugungi mag'lubiyatdan so'ng keyingi bosqichga chiqish imkoniyatimiz juda past. O'z maqsadimizga erishish uchun, ayniqsa, Chempionlar ligasida sovrin qo'lga kiritish uchun hali ko'p ishlashimiz kerak», — dedi Kuman.«Barselona» va «PSJ» jamoalari o'rtasidagi javob o'yini 10 mart kuni Parijda bo'lib o'tadi.
17-Fevral 2021,09:00
O'qildi: 62 - Fikirlar: 0
O'qildi: 46 - Fikirlar: 0