EChL: 3 ta klub pley-offda, “Real” va “Liverpul” guruhda qolib ketishi mumkin. Qolganlarda imkoniyat qanday?
EChLda 4-turdan keyingi vaziyat
5-6 noyabr kunlari Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichining 4-tur o‘yinlari o‘tkazildi. Ayni paytga kelib 3 klub muddatidan oldin pley-off masalasini hal etdi. Ular PSJ, “Bavariya” va “Yuventus”. Grandlarning aksariyati keyingi tur navbatdagi bosqich yo‘llanmasiga ega bo‘ladi.
“A” guruhi
Ushbu kvartetda PSJ yuz foizlik natija qayd etdi. E’tiborlisi, parijliklar birorta ham gol o‘tkazib yuborishmadi. Ularnig ortidan “Real” kelmoqda. “Qirollik klubi” oxirgi turlarni yaxshi o‘tkazmoqda. Ammo Zinedin Zidan shogirdlari keyingi turda har qachongidan ham "qo‘rqinchli" ko‘rinayotgan PSJ bilan kuch sinashadi. Ushbu o‘yindagi mag‘lubiyat madridliklarning imkoniyatlarini ancha pasaytirib yuborishi mumkin. Har holda oxirgi uchrashuv “Bryugge” bilan bo‘ladi. Belgiya klubi "Santyago Bernabeu"da durang qayd etgandi.
4-tur, 6 noyabr
Real Madrid - Galatasaroy - 6:0
PSJ - Bryugge - 1:0
№
Jamoalar
O‘
G‘
D
M
To‘plar
O
1
PSJ
4
4
0
0
10-0
12
2
REAL MADRID
4
2
1
1
9-5
7
3
BRY uGGE
4
0
2
2
2-8
2
4
GAL ATASAROY
4
0
1
3
0-8
1
5-tur, 26 noyabr
Galatasaroy - Bryugge
Real Madrid – PSJ
“V” guruhi
Bosh murabbiysiz qolgan “Bavariya” muddatidan avval pley-offga chiqdi. Myunxenliklar tomonidan tor-mor keltirilgan “Tottenxem” keyingi bahsda 3 ochkoni qo‘lga kiritsa, Pochettino jamoasi ham guruh bosqichini hal etishadi.
4-tur, 6 noyabr
Bavariya - Olimpiakos - 2:0
Tsrvena Zvezda - Tottenxem - 0:4
№
Jamoalar
O‘
G‘
D
M
To‘plar
O
1
BAV ARIYa
4
4
0
0
15-4
12
2
TOT TENXEM
4
2
1
1
13-9
7
3
TsR VENA ZVEZDA
4
1
0
3
3-13
3
4
OLI MPIAKOS
4
0
1
3
5-10
1
5-tur, 26 noyabr
Tottenxem - Olimpiakos
Tsrvena Zvezda – Bavariya
“S” guruhi
“Manchester Siti” bir oyog‘i bilan pley-offda. “Shaharliklar” ayni paytda 10 ochko bilan birinchi o‘rinda borishmoqda. Gvardiola jamoasi 5-turni o‘z maydonida “Shaxtyor”ga qarshi o‘tkazadi. Ushbu bellashuvdagi durang ham mezbonlarni keyingi bosqichga olib chiqadi. Keyingi o‘rinlar uchun “Shaxtyor” va “Dinamo Zg” kurashmoqda.
4-tur, 6 noyabr
Atalanta - Manchester Siti - 1:1
Dinamo Zg - Shaxtyor - 3:3
№
Jamoalar
O‘
G‘
D
M
To‘plar
O
1
MAN ChESTER SITI
4
3
1
0
11-2
10
2
ShA XTYoR
4
1
2
1
7-9
5
3
DIN AMO ZG
4
1
2
1
9-7
5
4
ATAL ANTA
4
0
1
3
3-12
1
5-tur, 26 noyabr
Manchester Siti - Shaxtyor
Atalanta - Dinamo Zg
“D” guruhi
Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi “Yuventus” Rossiyada qiyin g‘alabaga erishdi va keyingi bosqichni o‘ylay boshladi. “Atletiko”ning esa Germaniyadagi mag‘lubiyat tufayli pley-off chiqishi ortga surildi. “Matraschilar” keyingi tur Turinga tashrif buyurishadi. Garchi “Yuve”da ortiqcha bosim bo‘lmasa-da, o‘z uyidagi keraksizdek tuyulgan o‘yinda kamida imkoniyatni boy bermaslikka urinadi. Bu esa ikkinchi yo‘llanma oxirgi turda hal etilishini anglatadi.
4-tur, 6 noyabr
Lokomotiv - Yuventus - 1:2
Bayer - Atletiko - 2:1
№
Jamoalar
O‘
G‘
D
M
To‘plar
O
1
YuV ENTUS
4
3
1
0
9-4
10
2
ATLE TIKO
4
2
1
1
6-4
7
3
LOK OMOTIV
4
1
0
3
4-7
3
4
BAY ER
4
1
0
3
3-7
3
5-tur, 26 noyabr
Lokomotiv - Bayer
Yuventus – Atletiko
“E” guruhi
Bu guruhda bir qarashda hali hech narsa aniq emasdek. “Liverpul” va “Napoli” katta ehtimol bilan masalani hal qilishlari kutilmoqda. Biroq bu oson bo‘lmaydi. Sababi keyingi turda ushbu jamoalar o‘zaro to‘qnash keladi. Tomonlarning dastlabki uchrashuvida neapolliklar muvaffaqiyat qozonishgandi. Endi durang yoki mag‘lubiyat “Zalsburg”ga as qotishi mumkin. Chunki Avstriya klubi “Genk”ni taslim etish imkoniyati ko‘proq va bu orqali 2-o‘rindagi jamoaga ancha yaqinlashadi. Biroq voqealar rivoji buning aksi bo‘lishi ham mumkin.
4-tur, 5 noyabr
Napoli - Zaltsburg - 1:1
Liverpul - Genk - 2:1
№
Jamoalar
O‘
G‘
D
M
To‘plar
O
1
LIVE RPULЬ
4
3
0
1
10-7
9
2
NAP OLI
4
2
2
0
6-3
8
3
ZAL ЬTsBURG
4
1
1
2
12-10
4
4
GEN K
4
0
1
3
4-12
1
5-tur, 27 noyabr
Liverpul - Napoli
Genk – Zaltsburg
F guruhi
“Barselona” – “Slaviya” uchrashuvidagi durang turning sensatsion natijasi sifatida qaralmoqda. Kataloniyaliklar o‘z uylarida gol ura olishmadi. “Inter” mag‘lubiyatga uchrab, turnir jadvalida “Borussiya D”ni o‘zidan o‘tkazib yubordi. Vaziyat ancha chigallashmoqda. Bu neytral muxlislar uchun ayni muddao. Chunki keyin bosqich masalasi oxirgi turlarda hal bo‘ladi. Ushbu kvartetda ham shunday bo‘lishi kutilyapti.
4-tur, 5 noyabr
Barselona - Slaviya - 0:0
Borussiya D - Inter - 3:2
№
Jamoalar
O‘
G‘
D
M
To‘plar
O
1
BAR SELONA
4
2
2
0
4-2
8
2
BOR USSIYa D
4
2
1
1
5-4
7
3
INTE R
4
1
1
2
6-6
4
4
SLAV IYa
4
0
2
2
2-5
2
5-tur, 27 noyabr
Barselona - Borussiya D
Slaviya – Inter
G guruhi
O‘rtamiyona klublar joylashgan guruhda germaniyaliklar peshqadamlik qilishmoqda. Portugaliya jamoasi esa hozircha o‘z muxlislari ishonchini oqlamayapti. “Leyptsig” va “Lion” keyingi bosqichga da’vogarlardan.
4-tur, 5 noyabr
Zenit - Leyptsig - 0:2
Lion - Benfika - 3:1
№
Jamoalar
O‘
G‘
D
M
To‘plar
O
1
LEYP TsIG
4
3
0
1
6-4
9
2
LIO N
4
2
1
1
7-4
7
3
ZENI T
4
1
1
2
5-6
4
4
BEN FIKA
4
1
0
3
5-9
3
5-tur, 27 noyabr
Zenit - Lion
Leyptsig – BenfikaH guruhi
“Ayaks” bu mavsum ham yaxshigina “bosh og‘rig‘i” bo‘ladiganga o‘xshaydi. Gollandiyaliklar “Chelsi” maydonida g‘alaba qozonayotganida hakam “Ayaks”ning 2 futbolchisini chetlatdi va penalti qo‘yib berdi. Qattiqqo‘l hakamlik bo‘lmaganda, Lempard shogirdlari hisobni tenglashtirishlari juda qiyin edi...
Ushbu kvartetda 3 klub 7 ochkodan to‘plagan. Qolgan o‘yinlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, “Valensiya” kurashdan chiqishi mumkin. Chunki ispaniyaliklar keyingi turda “Chelsi” bilan kuch sinashishadi. Oxirgi turda esa “Ayaks” maydoniga borishadi. Bu o‘yinlardan omon chiqishning o‘zi amrimahol.
4-tur, 5 noyabr
Chelsi - Ayaks - 4:4
Valensiya - Lill - 4:1
№
Jamoalar
O‘
G‘
D
M
To‘plar
O
1
AYa KS
4
2
1
1
10-5
7
2
ChEL SI
4
2
1
1
7-6
7
3
VALE NSIYa
4
2
1
1
6-5
7
4
LILL Ь
4
0
1
3
3-10
1
5-tur, 27 noyabr
Valensiya - Chelsi
Lill - Ayaks
Stephan_El_Shaarawy
7-Noyabr 2019,22:23
7-Noyabr 2019,22:23
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (288/+0)
Yangiliklar (30236/+14)
UzFIFA Yangiliklari (25.11.2024)
Futbol TV Yangiliklari (25.11.2024)
ONLINE TV (47) LIVE
Forum (20 / 165)
So'ngi izohlar (9690/ +0)
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1660)
Eng ko'p o'qilgan
19-Noyabr
06:30
Niko Uilyamsni "Barselona"ga o'tkazish bo'yicha kelishuvdagi asosiy to'siq ma'lum bo'ldi
O'qildi: 57 - Fikirlar: 0
O'qildi: 57 - Fikirlar: 0
18-Noyabr
18:10
21-Noyabr
17:30
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)