
Hujumchi Xulian Alvaresning "Atletiko"dan "Barselona"ga o'tishi dargumon. Bu haqda Ispaniyaning Sport nashri sahifalarida ma'lum qilindi.
Mualliflar Alvaresning "Kamp Nou"ga kelmasligining bir necha sabablarini ta'kidlamoqda. Buning sabablaridan biri - moliya. Xulianning shartnomasida uni 500 million evroga sotib olish bandi ko'rsatilgan, "Atletiko" esa argentinalikni 200 million evrodan kamiga sotmaydi. "Ko'k-anorranglilar" buncha pul to'lashga tayyor emas.
Yana bir sabab - "Barselona" yaqinda o'zaro o'yinda 25 yoshli Alvaresning o'yinidan unchalik ta'sirlanmadi. Kataloniyaliklar Robert Levandovski o'rniga mehnatkashroq va to'purarroq hujumchini olishni ma'qul ko'rmoqda.
"Barselona" Levandovskiga o'rinbosar izlashda davom etadi, ammo juda sinchkovlik bilan.
O'qildi: 35618 - Fikirlar: 0
O'qildi: 27805 - Fikirlar: 0
O'qildi: 21422 - Fikirlar: 0





327