«Inter Mayami» futbol klubi xo'jayini Devid Bekxem jamoasining kelajakdagi rejalari bilan o'rtoqlashdi."Ilk kunlardanoq akademiya bizning klub uchun o'ta muhim ahamiyatga ega ekanini ta'kidlab kelaman. Bizning maqsad — o'zini «Inter»ga bag'ishlaydigan futbolchilarni etishtirish.Biroq bizning muxlislar jamoada mashhur yulduzlarni ko'rishni xohlashini bilamiz. Bizda Gonsalo Iguain va Blez Matyuidi kabi yigitlar bor, ammo kelajakda boshqa mashhur futbolchilarni ham taklif qilishni istaymiz.Messi va Ronaldu nomlari ham sanab o'tildi. Ular so'nggi 15 yil ichida eng yaxshilar qatorida bo'lib turibdi, ular bunga tinimsiz mehnat evaziga erishdi.Albatta, biz ular darajasidagi futbolchilarni jalb qilishni xohlaymiz. «Mayami» — istalgan futbolchi uchun yaxshi joy. Biz esa Messi va Ronaldu kabi o'yinchilarni olib kelishga intilamiz", — Devid Bekxem.
1-Mart 2021,15:10