"FiveThirtyEight" statistik modeli asosida ishlaydigan superkompyuter «Barselona» klubining Evropa chempionlar ligasi chorak final bosqichiga chiqish imkoniyatini chamaladi.Eslatib o'tamiz, "ko'k-anorranglilar" "PSJ"ga qarshi dastlabki uchrashuvni o'z maydonida o'tkazib, 1:4 hisobida imkoniyatni boy berishgan edi. Shu bois, kataloniyaliklar keyingi bosqichga chiqish uchun javob bahsida eng kamida 4ta gol urgan holda kamida 3ta to'p farqi bilan g'alaba qozonishlari kerak bo'ladi (4:0, 5:2, 6:3 va hokazo). Superkompyuter "Barsa"ning bunday g'alaba qozonish ehtimolini 5 foizga baholagan. Ammo Kuman jamoasini keyingi bosqichga olib chiqmaydigan g'alaba qozonish imkoniyati esa 42% deya baholandi. "PSJ"ning g'alabasi 35%, durang esa 23% deya taxmin qilindi.Bundan tashqari, "FiveThirtyEight" kataloniyaliklarning yarim finalga chiqish imkoniyatni 3%, finalga chiqishini 2%, musobaqa g'olibligi uchun imkoniyatini esa 1%ga chamaladi.Ma'lumot o'rnida. Mavsum-2016/17da "Barsa" "PSJ"ni 6:1 hisobida mag'lub etib, kambekni qayd etganida, kompyuter "ko'k-anorranglilar"ning imkoniyatini 7 foizga baholagan edi.
1-Mart 2021,16:00
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0